Hurmatli Shavkat Miromonovich!
Siz barcha yoshlarni "Farzandlarim" deysiz.
Biz ham o‘zimizni Sizning farzandlaringiz qatorida deb bilamiz va bundan juda faxrlanamiz. Biz afg‘on yoshlarining sifatli ta’lim olib, yetuk kadrlar bo‘lishimiz uchun Sizning tashabbusingiz bilan tashkil etilgan dunyoda muqobili yo‘q oliygohda o‘qiganimizdan juda baxtiyormiz va bu uchun Sizdan cheksin minnatdormiz.
Ilohim doim sog‘-salomat bo‘ling. Sizning ishonchingizni albatta oqlaymiz.
Sizga va Siz orqali oilangiz a’zolariga mustahkam sog‘lik, jannatmakon O‘zbekiston ravnaqi yo‘lida olib
borayotgan mashaqqatli ishlaringizda kuch-quvvat tilaymiz.
Sizga cheksiz hurmat va ehtirom bilan, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi talabalari