اصلي منځپانګې ته ولاړ شئ

فرهنګي او روزنیز

Navro'z

1 دقیقې لوستل 221
photo_2025-03-17_08-45-20

“Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” — Termiz tumanida bayram tantanalari davom etmoqda

Bugun Termiz tumanidagi “Marvarid” dam olish maskanida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanalar davom etmoqda.

Tadbir avvalida Termiz tumani hokimi Shuxrat Nazarov so‘zga chiqib, tuman ahlini ushbu yangilanish va yasharish ayyomi bilan samimiy qutladi.

Navro‘z asrlar davomida xalqimiz tomonidan katta shodiyonalar bilan nishonlab kelinayotgan qadimiy bayram bo‘lib, u mehr-oqibat, adolat va insoniylik fazilatlarini o‘zida mujassam etadi. “Marvarid” dam olish maskanida o‘tkazilayotgan bayram tadbirlarida ham milliy qadriyatlarimizning eng ezgu an’analari o‘z aksini topmoqda.

Tadbir doirasida milliy taomlar va kiyimlar ko‘rgazmalari, sport musobaqalari, turli madaniy dasturlar tashkil etilib, barchaga bayramona kayfiyat ulashilmoqda.

Barcha yurtdoshlarimizni ushbu Navro‘z bayrami tantanalarida ishtirok etishga taklif qilamiz!

شریکول: