اصلي منځپانګې ته ولاړ شئ

د مرکز خبرونه

Milliy liboslar kuni

1 دقیقې لوستل 224
photo_2025-03-05_16-49-22

Milliy libos – qadriyatlarimiz ko‘zgusi

Asrlar davomida avloddan avlodga o‘tib kelayotgan milliy liboslarimiz borki, ko‘rgan ko‘zni qamashtiradi.
Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida ham bugun barcha milliy doʻppilarda, adras liboslarda oʻquv jarayonlarida ishtirok etishdi. Milliy kiyimlar – tariximizning yorqin belgisi va qadriyatlarimizning aksidir. Unda ajdodlarimizning boy madaniy merosi, urf-odatlari mujassamdir.

Milliy libos kiyish – bu nafaqat go‘zal qiyofa yaratish, balki o‘z milliy mohiyatimizni yuksak qadrlash hamda kelajak avlodga madaniy qadriyatlarni yetkazish demakdir.

✨Siz ham milliy libos kiyib, milliyligingizni ifoda eting! Zero, millat ko‘zgusi – sizning obrazingizda namoyon bo‘ladi!

شریکول: