اصلي منځپانګې ته ولاړ شئ

نړیواله همکاري

Jadidlarning milliy davlatchilikka qo‘shgan hissasini o‘rganish

2 دقیقې لوستل 183
photo_2024-01-08_12-27-18

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 11 dekabr kuni “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so`zga chiqib, murojaatnoma e`lon qildilar.

Yo`llagan murojaatiga asosan, Shavkat Mirziyoyev o‘tgan asr boshlarida shakllangan bu harakat nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki butun musulmon olami va turkiy dunyo tarixida chuqur iz qoldirganini qayd etdi.

Hurmatli yurtboshimiz: “Mushtarak tariximizning yorqin sahifalarini tashkil etadigan ma’rifatparvar ajdodlarimizning ibratli faoliyatini, ularning o‘z qimmati va ahamiyatini hamon yo‘qotmasdan kelayotgan boy merosini hamkor davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, taniqli xorijiy olimlar bilan birgalikda teran tadqiq va targ‘ib etish bizning ustuvor vazifamizdir.Bugungi anjumanimizga tashrif buyurgan nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari va vakillariga, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Vengriya, AQSh, Germaniya, Niderlandiya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa mamlakatlardan kelgan taniqli olim va ekspertlarga ushbu anjumanni tashkil etish tashabbusimizni qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun samimiy tashakkur bildiraman”, – deb ta`kidladi .Davlat rahbariga ko‘ra, noyob ijtimoiy-siyosiy fenomen bo‘lgan jadidchilik g‘oyasining shakllanishi va taraqqiyotiga doir dunyoning bir qator mamlakatlarida ko‘plab tadqiqotlar yaratilgan bo‘lsa-da, ushbu harakat namoyandalarining Markaziy Osiyo hududida milliy davlatchilik va mintaqaviy o‘ziga xoslikni, fuqarolik jamiyatining rivojlanishiga qo‘shgan ulkan hissasini konseptual va tizimli asosda atroflicha o‘rganish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.

Bu namoyandalarni o`rganish bo`yicha joylarda filolog professor va akademiklar bilan uchrashuvlar, konferensiyalar va davra suhbatlari tashkil etilmoqda .

Jumladan, Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Afg`oniston fuqarolarini o`qitish ta`lim markazida tahsil olayotgan Afg`onistonlik fuqarolarga Jadid namoyandalari to`g`risida mahorat darslari va davra suhbatlari tashkil etildi.

شریکول: