اصلي منځپانګې ته ولاړ شئ

نړیواله همکاري

InnoWeek 2023

2 دقیقې لوستل 192
photo_2023-10-18_09-58-54

Xalqaro innovatsion-investitsion forum o‘z ishini boshladi.

“InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasidagi tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib berdi.



– O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Ularning aksariyati yoshlar va ilm-fan bilan bog‘liq. Yangi O‘zbekistonning kejalagini barpo etishda asosiy yo‘nalish sifatida innovatsiyalar hamda ilm-fanga e'tibor qaratilmoqda. Ularni rivojlantirishda xalqaro hamkorlar bilan ishlash juda muhim.



Innovatsiyalar – yoshlar demak. Innovatsiyalar rivojlanishi uchun ularni tijoratlashtirish muhim. Bunda esa ijodkorlik muhim rol o‘ynaydi. Bu o‘rinda yangi g‘oyalar, yangi fikr hamda yangi loyihalar yoshlardan chiqadi.



Yangi texnologiyalar yaratish uchun dunyodagi mavjud innovatsiyalarni o‘rganish muhimligini qayd etamiz. Zero mavjud texnologiyani o‘rganmasdan yangilik qilib bo‘lmaydi. O‘tgan 5 yil davomida turli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydik. Oltinchi marta o‘tkazilayotgan mazkur forum innovatsiyalarga investitsiya kiritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda hamkasblarimiz ham, loyihalar soni ham yil sayin o‘sib bormoqda deya ta‘kidladi I.Abdurahmonov.



Quvonarli tomoni shundaki, ushbu forumda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta‘lim markazi rahbariyati boshchiliqidagi delegatsiya o‘z pavilyonida amaliy san‘at, tikuvchilik hamda markaz bosmaxonasida chop etilgan kitob va jurnallar va ishlab chiqarilgan mahsulotlari bilan munosib ishtirok etmoqda.
Quvonarlisi shundaki, har doimgidek markaz pavilyoni odamlar va ayniqsa xorijlik mehmonlar bilan gavjum bo‘ldi. Ular tomonidan markaz faoliyatiga yuqori baho berildi.



شریکول: