اصلي منځپانګې ته ولاړ شئ

د محصلینو ژوند

Afg'oniston Fuqarolarini O'qitish Ta'lim Markaziga Xitoy Xalq Respublikasidan jurnalist Sino Freeman tashrif buyurdi

2 دقیقې لوستل 203
3

2023 yil 28 - aprel sanasida Afg'oniston Fuqarolarini O'qitish Ta'lim Markaziga Xitoy Xalq Respublikasidan jurnalist Sino Freeman tashrif buyurdi. Tashrif chog'ida u markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Dastlab u mamlakatimizdagi siyosiy jarayonga bog’liq Referendum uchastkasi faoliyatini o'rgandi

So'ngra markaz kutubxonasida talabalar bilan tanishdi va suxbatlashdi. U yerdagi kitoblar va talabalarning o'quv faoliyati davomida erishgan yutuqlari bilan tanishdi. Talabalarning ta'lim yo'nalishi ularning kelgusi rejalari haqida o'zini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Jurnalist o'z tashrifi davomida talabalarning bo'sh vaqtida shug'illanayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi. Jumladan markazdagi coworking xonalari, kompyuter savodxonligi, amaliyot uchun ustaxonalar, kashtachilik, somon sa'nati, kulolchilik, tikuvchilik, gilamdo'zlik to'garaklar va shu kabi markazdagi yaratilgan shart-sharoitlar haqida o'rgandi hamda o'zining iliq ta'surotlarini bayon qildi va markazda amalga oshirilayotgan ishlar ikki mamlakat do'stligini yanada mustaxkamlashini aytib o’tdi. Uning so'zlariga ko'ra bu islohatlar uni judayam ruhlantirdi va kelgusida talabalar yetuk salohiyatli kadrlar bo’lib yetishiga samimiy tilaklar bildirdi.

شریکول: