اصلي منځپانګې ته ولاړ شئ

نړیواله همکاري

Afg‘oniston aholisining uchdan ikki qismi yordamga muhtoj

2 دقیقې لوستل 198
s9ln7DWux0chwDSXto4Zlb2Y5Br5mBqM_front

MOXIdagi yig‘ilishda nimalar muhokama qilindi?

Markaziy Osiyo xalqaro instituti yetakchi ilmiy xodimi Farhod Jo‘rayev O‘zA muxbiriga bergan intervyusida “Markaziy Osiyo: o‘zgarishlar davrida barqaror rivojlanish” davra suhbatida qizg‘in muhokamaga sabab bo‘lgan masalalarga to‘xtaldi.

– Muassasada tashkil etilgan davra suhbati konstruktiv fikr almashish va Markaziy Osiyo hududini rivojlantirishga doir muhim masalalarni muhokama qilish imkonini berdi.

Muloqot chog‘ida ekspertlar mintaqa oldida turgan qator muammolar, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni atroflicha ko‘rib chiqdilar.

BMT Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi hisob-kitobiga ko‘ra, 2023yil jami 28 milliondan ziyod odam,ya’ni Afg‘oniston aholisining uchdan ikki qismi insonparvarlik va himoya yordamiga muhtoj bo‘ladi.

Jahon oziq-ovqat dasturi ma’lum qilishicha, afg‘onlarning 93 foizi to‘yib ovqatlanmayapti, bu raqam tez sur’atda o‘sib borayotgani, shunchaki, yomon!

Mutaxassislar mamlakat muammosini hal etishda muhim rol o‘ynayotgan xalqaro hamjamiyatning hamkorlikdagi faoliyatini kuchaytirish, afg‘onlar jahon bozoridan ajralib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, sarmoya jalb etish, texnologik taraqqiyotga ko‘maklashish va yangi savdo imkoniyatini topish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari rivojlanishi aholi turmush darajasini yuksaltirib, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat kabi muhim yo‘nalishlar rivojlanishiga olib keladi.

Ishonch bilan aytish mumkinki, Afg‘oniston muammosini bartaraf etish mavzusini dolzarb kun tartibiga chiqarishyurtimiz, mintaqa va butun jahon hamjamiyati uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘zA muxbiri Behruz Xudoyberdiyev yozib oldi.

شریکول: