اصلي منځپانګې ته ولاړ شئ

فرهنګي او روزنیز

14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni”

2 دقیقې لوستل 200
photo_2023-01-14_17-20-17

🔹Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazida 14 yanvar - "Vatan himoyachilari kuni" bayrami munosabati bilan "Mardlar qo’riqlaydi vatanni" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

🔹Ushbu tadbirda markaz jamoasi, talaba-yoshlar va fahriy mehmonlardan IIV Surhondaryo viloyati maxsus otryad boshlig‘i zaxiradagi mayor B.Shodiyev hamda urush veteranlari jamiyati rahbari podpolkovnik B.Safarovlar ishtirok etishdi.
🔹Mehmonlar tomonidan Vatanga sadoqat, yurtga muhabbat g‘oyalarini aks etgan ma‘ruzalar qilindi.
🔹Tadbir nafaqat yaxshi fikrlar, tilaklardan balki, quvnoq va sho‘x kuy-qo‘shiqlarga boy o‘tdi. Avvalo harbiycha sadolar ostida yangragan qo‘shiqlarga hamohang tarzda davom etgan taronalar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
🔹Tadbirda Vatanimiz posbonlari, milliy armiyamiz shijoati va matonati aks etgan videoroliklar namoyish etildi.
🔹Tadbir yakunida markaz direktori O. Ro‘ziev tadbirda ishtirok etgan faxriy mehmonlar, tashkilotchilar hamda talabalarga faol ishtiroki uchun tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar topshirib, minnatdorchilik bildirdi.

شریکول: