2025-yil 11- fevral kuni Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi tinglovchilari o'rtasida Buyuk siymolar Alisher Navoiyning 584 yilligi va Zahiriddin Muhammad Boburning 542 yilligi munosabati bilan Zakovat intellektual bellashuvi tashkil etildi. Bellashuv qiziqarli va bahs - munozaralarga boy tarzda o'tdi. Tadbir yakunida g'olib jamoa va faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
