Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektori O‘.Axmedov, Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor M.Majitov, ishlar boshqarmasi boshlig'i G'.Xaydarov hamda xo‘jalik bo‘limi rahbari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida bo‘lishdi.
Institut jamoasi ta’lim markazidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tashkil etishdagi ijobiy yutuqlar, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq to‘garaklar faoliyati, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlaridagi ilg‘or tajriba-yutuqlar bilan yaqindan tanishishdi.
Shu bilan birgalikda markazga qilingan safar dovomida mazkur tajribalarni institutga joriy qilish borasida bir qator vazifalar ham belgilab olindi.
