Skip to main content

Education

Talabaga qulaylik

2 min read 246
photo_2023-07-21_21-07-44-1

Avval xabar berilganidek, bugun Surxondaryo viloyatida boʻlib turgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hududidagi 2023/2024-oʻquv yili uchun test sinovlari oʻtkazilishi moʻljallangan binolarni koʻzdan kechirish jarayonida mazkur muassasa faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 4 ta fakultet mavjud boʻlib, 7 ming nafarga yaqin talaba tahsil oladi. Ibrohim Abdurahmonov muassasaning yangi oʻquv binolari, 750 oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, Raqamli iqtisodiyot markazi faoliyati va unda professor-o‘qituvchilar tomonidan namoyish qilingan loyihalarni ko‘zdan kechirdi. O‘quv binosida tashkil etilgan tarix muzeyi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari (quyosh panellari), yangidan barpo qilingan 650 o‘rinli ma’ruzalar zali hamda mazkur binoda musiqa ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha tashkil qilingan kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

I.Abdurahmonov mutasaddilarga yangi oʻquv yili boshlanishiga puxta tayyorgarlik koʻrish, hududni yashil makonga aylantirish uchun obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratish, elektr energiyani tejash maqsadida quyosh panellari bilan jihozlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Share: