Skip to main content

International cooperation

Surxondaryo-Yaponiya biznes forum

1 min read 189
photo_2024-01-30_20-40-05

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Faxriy konsul Xiroyuki Ito hamda savdo, turizm va qishloq xo‘jaligi sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar, investorlar ishtirokida Surxondaryo-Yaponiya biznes forumi o‘tkazildi.

Forum doirasida o‘tkazilgan “B2B” va “B2G” uchrashuvlarida fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sanoat, savdo, turizm yo‘nalishlarida hamkorlik, ko‘mir, neft, tabiiy gaz, tuz, kaliy, gips, rangli metallar va boshqa tabiiy boyliklarni qazib olish, qayta ishlash kabi loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erilishib, shartnomalar imzolandi.

Forumda Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazi direktori O.Ro'ziyev ham ishtirok etdi.
Shuningdek, mehmonlar markaz faoliyati bilan tanishtirildi va markazda yapon tilini o'rgatish kursini ochish uchun barcha sharoitlar mavjudligi ta'kidlab o'tdi.
Yaponiyalik forum ishtirokchilari tomonidan ushbu taklif qo'llab-quvvatlandi.

Share: