Skip to main content

Education

Seminar ishtirokchilari rag‘batlantirildi

1 min read 181
photo_2023-03-01_19-00-56-2

Xabaringiz bor o’tgan yilning 28-noyabr 3-dekabr kunlari Surxondaryo viloyati Termiz tumani “Afgoniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi”da Xalqaro migratsiya tashkilotining “Termizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish” dasturi doirasida 16 nafar xotin-qizlar (shundan 7 nafari afg’on, 9 nafar o’zbek) uchun tadbirkorlik yo’nalishida bir haftalik seminar trening tashkil etilgan edi. Ushbu seminar-treningda ishlab chiqilgan va Gender Komissiya tomonidan maqullangan biznes-rejalarni beg‘araz moliyalashtirish va seminar-trening ishtirokchilarini taqdirlash maqsadida Joriy yilning 1-mart kuni “Afgoniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markazi” da tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda Xalqaro migratsiya tashkilotining O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Kery Macc Bro hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Senatori Gulnora Mahmudovna ishtirok etishdi. Ishtirokchilarning har biriga Xalqaro migratsiya tashkiloti tomonidan qiymati 22 700 000 so’mlik VAUCHER lar hamda planshetlar topshirildi.

Share: