Skip to main content

Education

Bobur 542 yoshda

1 min read 214
photo_2025-02-15_13-50-24

Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazida buyuk sarkarda, davlat arbobi, shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi keng nishonlandi. Tadbirda tumandagi 16-AFCHO'M maktabi, 21-umumiy ta'lim maktabi o'qituvchi va o'quvchilari ishtirok etib Bobur g'azal va ruboiylaridan o'qishdi hamda sahna ko'rinishlari namoyish etildi. Tadbirda Bobur hayoti va faoliyati haqida o'quv markazi ma'naviyat bo'limi boshlig'i O.Tojiyev ma'ruza qildi. Markaz tinglovchilari tomonidan Badiiy chiqishlar namoyish etildi. Tadbir yakunida Bobur hayoti va faoliyati aks ettirilgan video tasmalar namoyish qilindi. Tadbir yakunida kechada faol ishtirok etgan tinglovchilar va o'quvchilar markaz rahbariyati tomonidan "Faxriy yorliq" va qimmmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi

Share: