Afgoniston fuqarolarini oqitish talim markazida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan "Sheriyat osmonining porloq yulduzi" nomli adabiy-badiiy kecha bolib otdi. Ushbu tadbirda Termiz tumani Lola nomli 36-bogcha tarbiyalanuvchilari, Termiz tumani 21-umumiy o‘rta ta‘lim maktabining iqtidorli o‘quvchilari, Termiz muhandislik - texnologiya instituti talaba yoshlari mehmon sifatida ishtirok etishdi.
Tadbirda markaz tinglovchilari va mehmonlar ishtirokida buyuk shoirning gazal va ruboiylari oqildi. Shoir haqidagi rivoyatlar sahna korinishida namoyish etildi. Tadbir kotarinki ruhda otdi va barcha qatnashganlarga zavq bagishladi.
Shoir asarlari koʼrgazmasi tashkil etildi. Аdabiy-badiiy kechada faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
