To‘xtamishev Baxrom Yo‘ldashevich

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi reja-moliya va buxgalteriya bo‘limi boshlig‘i – bosh buxgalter 

Ma`lumoti oliy.1974 yilda tug‘ilgan, 1998-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 
      

Telefon: +998 76 229 0193

Bo‘lim faoliyati haqida

Markazning barcha moliyaviy smetalarini tayyorlash uchun kerakli ma’lumotlarni tuplaydi va tahlil qiladi. Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni xarajatlar smetasidagi moddalar bo‘yicha tahlil etadi va Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar xarajatlar smetasini loyihasini tayyorlaydi. Talabalar kontingentidan kelib chiqib, moliya yili uchun byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ishchi xodimlar va professor-o‘qituvchilar shtat birligini tuzadi. Smetada ko‘rsatilgan mablag‘lardan o‘z maqsadlari yo‘lida to‘g‘ri foydalanishni, o‘rinsiz yoki ortiqcha xarajatga yo‘l qo‘ymaslikni nazoratga oladi. Xodimlar bo‘yicha ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish haqidagi buyruqlarni o‘z vaqtida qayd qilib borish orqali shtatlar soni monitoringini yuritib boradi. Har chorakdan keyingi oyning 10-sanasigacha markazning Markazda faoliyat ko‘rsatayotgan xodim va professor-o‘qituvchilarning yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘laganliklari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni yig‘ib umumlashtiradi. Har oyning 30-sanasigacha institutning barcha bo‘lim va dekanatlarida ishlovchi xodimlar uchun yozilgan tabellarni qabul qilish va uni institutning Buxgalteriya bo‘limiga topshiradi. Rejali hisobotlarni tayyorlaydi. Modemmogrammalarga, yuqori tashkilotlardan kelgan xatlarga va fuqarolardan tushgan murojaatlarga o‘z vaqtida javob berаdi.