Monitoring va ichki nazorat boʼlimi faoliyati
Аfgʼoniston fuqarolarini oʼqitish taʼlim markazi Monitoring va ichki nazorat boʼlimi oʼz faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining farmoyish va qarorlari, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining Hayʼat qarorlari, buyruqlari, shuningdek, oʼquv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, Hayʼat va Ilmiy kengash qarorlari, vazirlik va markaz direktori tomonidan chiqarilgan buyruqlarning va taʼlim sohasidagi meʼyoriy hujjatlarning bajarilishini monitoringini oladi va nazorat qiladi.
Аfgʼoniston fuqarolarini oʼqitish taʼlim markazida Respublika Prezidenti Farmonlari, Oʼzbekiston Respublikasining oliy taʼlimga oid qonunlari, yuqori tashkilotlarning qaror va farmoyishlarini, vazirlikning Hayʼat qarori, buyruq, topshiriq, faksogramma va telefonogrammalarini, kadrlar tayyorlash sifati, ularga boʼlgan ehtiyoj va mehnat bozorini rivojlantirish va markazda rejalashtirilgan barcha tadbirlarni hamda markaz moddiy texnika bazasining monitoringini olib borish tizimini ishlab chiqadi. Markaz professor-oʼqituvchilar tarkibi, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatini oshirishni tashkil etish va o`qitish.Talabalar bilimini reyting tizimi asosida xolis va adolatli baholanishini nazorat qiladi.
Monitoring va ichki nazorat boʼlimi quyidagilarni:
-markazda taʼlim standartlari monitoringini tashkil qilish masalalari boʼyicha amaliy va uslubiy yordam ko`rsatish:
-markazda taʼlimning holati va rivojlanishi haqida maʼlumotlar bankini tashkil qiladi va tartibga solib turadi.
-markazning boshqaruv organlari (direktor va uning oʼrinbosarlari)ga taʼlimni isloh qilish va takomillashtirish boʼyicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash.
-markazning ijrochilik faoliyatini tahlil qilish, taʼlim sohasida ilgʼor tajribalarini oʼrganish va ularni ommalashtirishga tavsiyalar berish;
-professor-oʼqituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarini va mezonlarini ishlab chiqish, oʼz xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli hujjatlarni talab qilish;
Kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash maqsadida kurs loyihasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni, davlat attestatsiyalarining oʼtkazilishini, barcha turdagi nazariy va amaliy mashgʼulotlarni nazorat qilish va monitoringini olib borishni taminlaydi.