Shametova Gulnora Rashidovna

Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi Axborot resurs markazi mudiri

Qabul vaqti: 09:00-16:00

Telefon: + (+99897) 785-17-00

Telegram: https://t.me/markaz2021

Axborot-resurs markazi faoliyati haqida

                         Markazning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda markaziy АRMlar bilan bogʼlanib, doimiy ravishda АRM kutubxona fondini oshirib borish;
  • Barcha bibliografik ishlarning bajarilishini nazorat qilish;
  • АRM uchun gazeta va jurnallar obunasini tashkil etish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va boshqa АRMlar bilan aloqani olib borish;
  • Аxborot resurs markazida kitob yarmarkalarini tashkil etish;
  • Istiqbolli va joriy ish rejalarini ishlab chiqish;
  • Kutubxona (Аxborot-resurs markazi) fondining shakllanishini, uning tartibiga solinishi va saqlanishini tashkil etish;
  • Kutubxona (Аxborot-resurs markazi)ni zarur uskunalar bilan, shuningdek uni kompьyuterlashtirishni taʼminlash;
  • Kutubxona (Аxborot-resurs markazi)ni malakali xodimlar bilan taʼminlash, xodimlarning bilimlari, tajribasidan toʼgʼri foydalanish, topshirilgan ish uchun masʼuliyatini oshirish choralarini koʼrish;
  • Xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʼyish, mehnat va ishlab chiqarish intizomini nazorat qilish;
  • Ishlov berish va butlash boʼlimining ishiga mutasaddilik qilish: nashriyotlarning rejalarini ishlab chiqish va tekshirishda qatnashish, bibkollektorda va kitob doʼkonlarida adabiyotlarining jamlanishi bilan shugʼullanadi, kutubxona (axborot-resurs markazi) fondlarini toʼliq butlash pochta orqali kitob joʼnatadigan doʼkonlar bilan aloqani yoʼlga qoʼyish, kutubxona (axborot-resurs markazi)dagi adabiyotlarni hisobdan chiqarishga va yoʼqolganlari oʼrniga boshqa kitoblarni qabul qilib olishga bevosita rahbarlik qilish, hisob-kitob hujjatlarini tekshirish.

                                                      Markazning asosiy maqsadi

  •   Foydalanuvchilarga axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni ta’minlash;
     • Foydalanuvchilarning intellektual, ma’naviy, axloqiy, madaniy va ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish uchun sharoitlar yaratish;
     • Milliy madaniyatni tiklash va yanada rivojlantirishga, O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini asrab-avaylashga ko’maklashish;
     • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan axborot-kutubxona resurslaridan o’zaro foydalanishni ta’minlash.